Delphi dasturlash tili bo‘yicha PacktPub firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan video kursim

Delphi dasturlash tili bo‘yicha PacktPub firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan video kursim


Assalomu alaykum!

Bir necha daqiqa vaqtingiz bo‘lsa quyidagi postni o‘qib chiqishni iltimos qilardim!

Delphi dasturlash tili bo‘yicha PacktPub firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan video kursim, 1-Avgust kuni sotuvga chiqdi. Shu kuni yirik promotionni boshlab yubordik!

Video kursning davomiyligi 4 yarim soatni tashkil qiladi. Lekin bu 4 yarim soatni ichida siz ancha muncha bilimga ega bo‘lishingiz mumkin.

PacktPub firmasidagi men bilan aloqada bo‘lib birga ishlagan Hindistonlik yigitlar ham ancha mehnat qildi. Dwayne va Mandar ga katta raxmat! 😊

Promote qilish boshlangan kuni, atigi 300ta shaxs bu video kursni ko‘rdi, albatta bu yaxshi, lekin men shu ko‘rgan insonlar bu qilgan ishimga reaksiya berishlarini kutgan edim. Va shunday bo‘ldi ham.

Twitterda qilgan postimga, kutilmaganda bir necha katta dasturchilar tomonidan reaksiya berila boshlandi, buni to‘g‘risi kutmagan edim 😁

Keling bu insonlar kimligini ko‘rib o‘tamiz! 😄

Birinchilardan bo‘lib, bit Time Professionals firmasining asoschisi Daniele Teti, keyin FMX Express sayti asoschisi va Delphi bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirgan Eli M va eng qiziqarlisi Embarcadero Technologies firmasida Developer Advocate va Software Engineer bo‘lib ishlovchi Jim McKeeth.

Bu sizga oddiy ko‘rinishi mumkin, lekin bu haqiqiy hurmat belgisi, chunki Senior va Advocate Developerlar meni qilgan ishim uchun rahmatlar aytishdi!!! 😎

Bundan tashqari Applying Code dan ham tabriknoma keldi! 😇

Hammasi ko‘ngildagidek amalga oshdi!

Agar, Mastering Delphi video kursida nimalar borligiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, sizga qisqacha ma’lumot berib o‘taman:

Section 1- Delphi FireMonkeyda dasturlash

Section 2- Delphi tilining fundamental bo‘lgan elementlarini o‘rganish. (if, for while, repeat, array nima ekanliklari haqida gapirib o‘tilmagan, chunki bu Basic tushunchala. Bu qismda bir necha algoritmik masalar yechish orqali tushuntirilgan)

Section 3- Delphi VCL va FMX da ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

Section 4- Delphi IntraWeb va uniGUI frameworklarida Web dasturlash

Section 5- Delphida Backend Developmentni o‘rganamiz, aniqrog‘i, WebBroker va DataSnap texnologiyalari

Section 6- Delphi dasturlash tilida IoT dasturlar qilishni o‘rganamiz(Ya’ni biri biri bilan internet, Bluetooth orqali bog‘lanuvchi dasturlar). Bundan tashqari Bluetooth texnologiyasidan foydalanib Delphida qilingan Windows va Android dasturni bog‘lashni o‘rganasiz

Section 7- Delphi dasturlash tilida ajoyib tajribalarga ega bo‘lasiz, misol uchun, Unit Testing

Agar, video kurs haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi packtpub servisining veb saytidan bilib olishingiz mumkin!

https://www.packtpub.com/application-development/mastering-delphi-video

Xa aytgancha, Iyul oyida Delphi Community Edition taqdim qilindi, endi Delphidan bepul foydalanishingiz va qonun asosida dasturlar yaratib sotishingiz mumkin! Menimcha, bu yosh dasturchilar, talabalar va qiziquvchilarga Delphining kuchidan foydalanib ko‘rishga imkon beradi!

Delphi CE ni Embarcadero ning official saytidan yuklashingiz mumkin: https://www.embarcadero.com/products/delphi/starter

E’tiboringiz uchun rahmat!


- A.Mo‘minjon

Comments

Popular posts from this blog