Posts

Delphi dasturlash tili uchun Open Source proyektlar to'plami - GitHub

Image
Assalomu alaykum do'stlar! Biroz vaqtdan buyon yangi maqola yozmayotgan edim. Bugun sizga ajoyib yangilik va Delphi bo'yicha ochiq kodli, shuningdek tekin proyektlar bilan tanishtirib o'tmoqchiman.

Eng zo'r yangilik,bu Delphi/Object Pascal dasturlash tili xozirda 2017 -yil Noyabr oyi ma'lumotiga qaraganda dunyoda eng kuchli 10 ta dasturlash tillari ro'yxatidan joy oldi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Delphi dasturlash tili 9-o'rinda. Bu yangilik Delphichi dasturchilarni albatta ancha quvontiradi. Chunki bu degani, xozirgi kunda ko'plab dasturchilar Delphiga qiziqish bildirishmoqda.

Keling endi Delphi va Pascal bo'yicha open source proyektlarni ro'yxatini taqdim qilsam. Bu ro'yxatda juda ko'plab muammolar yechimlari mavjud. Va eng qizig'i barchasi ochiq kodli.

Ro'yxat bilan quyidagi tizimda to'liq tanishishingiz mumkin.

Delphi dasturlash tilini Android smartfoningizda o'rganing!

Image
Delphi Examples: Learn to Code Object Pascal/Delphi dasturlash tillari

Dastur haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi havolani bosing : Delphi Examples Android Ilova
Dasturni do'stlaringizga ulashing va dasturni kelajagiga o'z hissangizni qo'shing!

Yakshanba soat 14:30 da Texnoman Vebinar #5 Bo'lib O'tadi. Hammani taklif qilamiz!

Image
Assalomu alaykum do'stlar! Oldimizdagi yakshanba kuni soat 14:30 da Texnoman.uz ning Youtube dagi kanalida online vebinar qilamiz. Shunga hamma java dasturlash tiliga qiziqadiganlarni online vebinarga taklif qilamiz.

Vebinar boshlovchi java dasturchilari uchun emas. Chunki bu vebinar ko'proq, tajribasi bor bo'lganlar uchun.

Vebinarda Java Concurrency Programming haqida gap ketadi. Vebinar lo'nda va qiziqarli bo'lishiga harakat qilaman.

Ko'proq ma'lumot uchun manzil : https://t.me/texnoman/648

Xurmat bilan @(Mr)DelphiGuru

Mahsulotingizni reklama qilmoqchimisiz? Unda bu siz uchun!

Assalomu aleykum! Siz bilan Mo'minjon Abduraimov!

Sizga aytadigan kichik statistik ma'lumotim va taklifim bor...

Android platformasi uchun ishlab chiqqan, Delphi Examples nomli dasturimni xozirda 4000 dan ortiq foydalanuvchilar foydalanishadi, yaqin haftalarda 5000 dan oshishi xech gap emas. Shu 4000 ta foydalanuvchidan, 1100 taga yaqini dasturdan aktiv foydalanishadi va dasturdagi ma'lumotlarni share qilib turishadi. Bu albatta yaxshi!

Endi taklifga o'tsam. Bitta narsani o'ylab qoldim... "Dasturda reklamalar qo'yish haqida" Ya'ni dasturni offline rejimda ham reklama bannerlarini qo'yish.

Shuning uchun, biror mahsulotingizni reklama qilmoqchi bo'lsangiz, men bilan bog'lanishingiz mumkin, narxini kelishamiz...

Telegram: @DelphiGuru

#14 - Matnli (Text) Fayllar Bilan Ishlash Asoslari - 1-Qism

Image
#14 - Matnli (Text) Fayllar Bilan Ishlash Asoslari - 1-Qism


Bu video darsda, matnli fayllar bilan ishlash asoslari o'rgatiladi. Darsda 3ta qiziqarli dasturlarni yozishni o'rganasiz. Keyingi qismlarda, Object Pascal dasturlash tilida Fayllar bilan ishlash bo'yicha ko'plab funksiyalarni va fayllarni qanday strukturalashtirish haqida ma'lumot olasiz. Kanalga obuna bo'lish va Like bosish esdan chiqmasin! E'tiboringiz uchun raxmat! ====================================================== - Dasturlarni Ximoyalash Muvaffaqiyat Kaliti – Software Protect Solutions – eBook - https://delphi.uz/ebook/dasturlarni-x... - https://delphi.uz/ - https://ituz.blogspot.com/ - https://www.facebook.com/wwwdelphiuz/ - https://twitter.com/MrDelphiGuru - Delphi Examples: Learn to Code: https://play.google.com/store/apps/de... ======================================================

Delphi dasturlash tilida ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni boshlaganlar uchun kichik open source project

Image
Delphi dasturlash tilida ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni boshlaganlar uchun kichik open source project.