Windows operatsion sistemasi haqida ma'lumotlar
Windows operatsion sistemasi
Kompyuterlarning texnik tomondan
mukammallashishi hamda grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi
dasturchilarda grafik interfeysli qobiq-dasturlar ishlab chiqarish fikrini
uyg’otdi.
Bu ishga birinchi bo’lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur
kompaniya tomonidan 1985-yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 1.0 grafik
qobiq-dasturi e’tiborli afzalliklarga ega emas edi.
Unda fayllar ekranda
go’zalroq tasvirlangan edi. Shunday bo’lsa-da, u grafik qobiq-dasturlarning
keyingi naqllarining ishlab chiqarilishiga turtki bo’ldi.
1987-yilda WINDOWS
2.0 grafik qobiq-dasturida WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan
bo’lsa-da, foydalanuvchilar tomonidan qo’llab quvvatlanmadi.
Operatsion sistemalarning
rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotiradan kam joy
egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir
necha xil dasturlarning ishlashini ta’minlay oladigan sistemalarning ishlab
chiqilishiga olib keldi.
1990-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommamiy grafik qobiq-dasturga aylandi. WINDOWS 3.0 dasturlar sistemasining asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 ning to’la jadval holatida ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni yengillashtirdi.
Lekin u MS DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion sistema emas, balki grafik muhit sifatida tan olindi. Keyinchalik 1992-yilda WINDOWS 3.1 ishlab chiqarilib, unda WINDOWS 3.0 da yo’l qo’yilgan xatolar bartaraf etildi.
1993-yilda bir nechta kompyuterlarni lokal tarmoq orqali bog’lab ishlatish imkoniyatini beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar sistemasi ishlab chiqildi.

1995-yilning sentabr oyida IBM PC
kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi birinchi grafik
operatsion sistema bo’ldi.
Umuman, WINDOWS foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
Umuman, WINDOWS foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !