Dasturlash haqida Afsonalar
Dasturlashni o'rganish uchun matematikadan a'lo bo'lish kerak
Ko’pchilik insonlar,
matematika va dasturlash to’g’ridan to’g’ri bir-biriga bog’liq deb
o’ylaydi. Lekin dasturchi, o’zining ko’p vaqtini kodlar yozishga sarflaydi,
matematik formulalarni yozishga emas. Matematika bilan dasturlash bevosita
bir-biriga bog’liq emas. Lekin, siz dasturchi bo’lishingiz uchun Algebra
asoslarini bilishingiz shart. Va shuningdek sizga muammoni yechish mahorati
kerak (Mantiqiy fikrlash deyishimiz ham mumkin).
O’yin yaratish
o’zi bir yo’nalish va Game Developerlarga qo’shimcha bilimlar kerak bo’ladi,
misol uchun, Trigonametriya va Fizikani bilishi kerak. Lekin xozirda, game
development uchun ko’plab plugin va library lar chiqib ketgan. Ya’ni siz tayyor
freymworklardan foydalanib matematik qiyinchiliklarga uchramasdan o’yinlar
yaratishingiz mumkin.
Kodlash
zerikarli
jarayon
Ko’pchilik ma’lum bir yoshdan keyin biror narsa o’rganish
qiyin bo’ladi deyishadi. Bu gapga hamma ham to’liqligicha ishonmaydi. Agarda
sizda yangi narsani o’rganishga ishtiyoq bo’lsa, har qanday yoshda o’rgana
olasiz. Va shuni yodingizda saqlashingiz zarur, biror narsani o’rganishga xech
ham kech bo’lmaydi. Dasturlash bu juda shiddatli ravishda o’sib borayotgan soha
hisoblanadi. Xozirda, internet tarmoqlarida dasturlashni o’rganish uchun
minglab, millionlab ma’lumotlar mavjud. Va bular har qanday yoshdagi
dasturlashni o’rganayotganlar uchun yordam beryapdi. Siz dasturlashni o’rganib
biror joyda ishlashingiz uchun sizda maqsad va bilim bo’lsa yetarli. Xech kim
xech qachon biror narsani to’liq o’rgana olmaydi. Bu aynan, texnologiya
sohasiga mos keladi. Har soatda, har daqiqada yangi texnologiya taqdim
qilinyapdi. Demak, biz doim o’rganishda bo’lishimiz lozim.
Xo’sh, bu so’zlarni ko’pchilik
aytadi. Lekin, bu so’zlar TO’LIQLIGICHA XATO. Dasturlash doimo o’sib bormoqda
va qachonki siz bir tilni masteri bo’lgandek his qilsangiz, siz boshqa
millionlab yangi ma’lumotlarni o’rganish uchun topasiz va o’rganishga majbur bo’lasiz.
Bilimingizni mustahkamlaysiz va hokazo. O’rganish xech qachon to’xtamaydi.
Ko’p dasturchilar bitta tilni
o’rganish, bir nechta tilni o’rganishdan Afzal deyishadi. Bu umuman xato. To’g’ri
birinchi navbatda, bitta tilni mukammal o’rganib olshingiz zarur. Lekin, siz
kelajakda faqat bitta til bilan emas bir necha tillar bilan ishlashingizga
to’g’ri keladi. Demoqchimanki, siz iloji boricha yangi tillarni o’rganib
borishga harakat qilishingiz zarur.
Har bir til o’z maqsadi yo’lida ishlaydi.
Misol uchun bitta til, Backend da ma’lum ishni qilish uchun zo’r, yana bittasi
Desktop development uchun qulay va hokazo. Endi bunday olib qarang…
Dasturingizni Frontend tomonini Delphida yozdingiz, keyin baza bilan bog’lanish
kerak, endi SQL ishlatamiz. Endi dasturimizda barcha Actionlarni track qilib
Serverdagi biror bazaga send qilishimiz va uni qayta ishlab Administratorga
grafik ko’rinishida ko’rsatishimiz kerak. Endi bularni qilish uchun ham yana bir
necha tillarni yoki texnologiyalarni bilishingiz zarur. Endi bu yog’ini
o’zingiz o’ylab ko’ring!
Balki siz, Kungfu jang sanatini
o’rganish uchun Akademiyada o’qishingiz kerak bo’lar, lekin dasturlashni
o’rganish uchun emas. Oliy ma’lumotli degan xujjatli bo’lish bu juda zo’r narsa
(meni fikrimcha J ). Lekin, dasturlashni o’rganish uchun internetdan
millionlab ma’lumotlarni topib o’rganishingiz mumkin. Yoki, yurtimizdagi biror
o’quv markazlarida o’rganishingiz mumkin, yoki MeetUp larga qatnashib har xil
mavzularda o’z bilimingizni oshirib borishingiz mumkin (Albatta, bundan oldin
dasturlashdan kuchli asosga ega bo’lishingiz lozim).
Masalan, UzGeeks ni
misol keltirsak bo’ladi. Ular qo’ldan kelgancha kuchli dasturchilarni yig’ib,
yangi o’rganilgan bilimlarini bir-biri bilan ulashish uchun MeetUp lar
uyushtirib turishadi. Umuman, dasturlashni internet tarmog’ida mukammal
darajada o’rganish imkoniyati mavjud.
Fikrimcha, tepadagi afsonalar sizga
juda tanish. Lekin, shunday bo’lsada, bular haqida qisqacha to’xtalib o’tdik. Chunki,
endi texnologiya olamiga birinchi qadamini tashlamoqchi bo’lganlarni
ko’pchiligi tanqidiy fikrlar ostida qolib, bu sohadan chiqib ketishadi. Ya’ni
demoqchimanki, bu maqolani dasturlashni endi o’rganib boshlaganlar uchun bitta
motivatsiya sifatida e’lon qildim.
Doimo o’rganishda bo’ling! Izlaning, amalda qo’llang va
albatta siz kuchli dasturchi bo’lib yetishasiz!
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !