Dasturning sifatini yaxshilashning 6ta qoidasi.


Agar siz Android dasturchisi bo'lsangiz va Google Play Storega dastur chiqarib ko'rgan bo'lsangiz bitta narsani aniq bilasiz. 


Ya'ni, dasturning reytingi 4ta yulduz yoki undan yuqori bo'lsa, sizning dasturingiz Google Play Storeda reytingi oshadi va bu dasturning ko'proq yuklab olinishiga imkon beradi.

Lekin qanday qilib o'sha 4ta yulduz yoki 5 yulduz olishi mumkin, qanday qilib dastur haqida yaxshi fikrlar olish mumkin?! Buni yo'llari juda oson. Faqatgina quyidagi 6ta qoidaga amal qilsangiz bo'ldi!

1. Mustahkamligi: xatoliklar sodir bo'lmasligi. Siz dasturingizdan kelayotgan "error report"larni kuzatib boring! Bu sizga, dasturingizni qanday ishlayotganini tekshirishga juda qulay.

2. Moslashuvchanligi: tezlik, dizayn. Dasturning detallarini kichiklashtirish, qismlarga bo'lish, bu sizga dasturning tezligini oshirishda yordam beradi.

3. Kerakli va Foydali bo'lishligi. Demoqchimanki, dastur foydalanishga oson bo'lishi, dastur biror yo'nalishda odamlarga aniq yordam berishi kerak.

4. Ko'rinishlar. Agar siz dizaynerlik sohasida yaxshi bilimga ega bo'lmasangiz va qanday qilib dasturingiz uchun chiroyli rasmlar ishlab chiqishni bilmasangiz, xoziroq Photoshop yoki GIMP grafik dasturlarini o'rganishni boshlang!

5. Dasturga kerakli imkoniyatlar qo'shing! Dasturingizni ishlatayotgan foydalanuvchilardan kelayotgan tanqidlarga va fikrlarga e'tiborli bo'ling! Foydalanuvchilarni fikrlarini eshitib borib shu, foydalanuvchilar istashayotgan imkoniyatlarni qo'shing!

Eslatma: Har-xil imkoniyatlar qo'shib tashlash shart emas!

6. Dasturingizga uchinchi darajali imkoniyatlarni qo'shing! Misol uchun, foydalanuvchilarga asosiy oynaga vidjetlar qo'shish imkoniyatini bering! Dasturingizga notification-xabar yo'llash APIlarini va boshqa chiroyli imkoniyatlarni qo'shing!

Comments

Popular posts from this blog