Delphi dasturlash tilida IdTCPClient kompanenti bilan ishlash (video dars TAS-IX)
Delphi
dasturlash tilida internet tarmog’iga ulanish mavjud yoki mavjud emasligini
tekshirish.
Bugungi maqolada siz bilan Delphi
dasturlash tilida qanday qilib internet tarmog’iga ulanish mavjud yoki mavjud
emasligini o’rganib chiqamiz.
Delphida bu ish juda oson, chunki
bizda (Delphida) 1000 ga yaqin kompanentlar mavjud. Delphi dasturlash tilida
internet bilan ishlash uchun turli kampanentlar mavjud.
Umuman kompanentlarsiz ham bu
ishni qilish mumkin. Lekin bizga oson va tushunarli bo’lishi uchun biz Indy kampanentlaridan
biri bo’lmish TIdTCPClient kompanentidan
foydalanamiz.
Indy o’zi nima?
Iloji boricha qisqa va sodda
qilib tushuntirishga harakat qilaman!
Indy uchinchi darajali ochiq kodli kompanentlar
to’plami.
Indy faqat Delphi bilan
emas, C++, C# va yana bir necha
dasturlash tillari bilan ishlay oladi. Indy
bizga ko’plab tarmoq protokollari bilan ishlashga imkon beradi, misol
uchun:
· TCP
· SMTP
· POP3
· IMAP
· UDP
· FTP
· HTTP
· va boshqalar.
Biz
Delphi dasturlash tilida Indy kompanentlarini
VCL (Visual Component Library) va FM (FireMonkey) freymvorklarida ishlatishimiz
mumkin. Bu degani, Indy kompanentlari
Android, iOS, OSX va boshqa
operatsion sistemalarda hech qanday qiyinchiliklarsiz ishlay oladi.
Delphi
dasturlash tilida qanday qilib Indy kompanentlaridan
foydalanishni o’rganish uchun video darsni
ko’ring! Video Tas-Ixda joylashgan!
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !