Bo'lajak Dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar


Maqolada dasturchi bo'lishni istaganlar va dasturchi bo'lib ishlayotgan insonlarga ba'gishlanadi. Bu maqola professional dasturchilar fikrlari va maslahatlari bilan boyitilgan. Agar siz maqolani shoshmasdan o'qib chiqsangiz omad kalitini topasiz...


1. Guruh bo'lib ishlash.


Siz albatta kelajakda dasturchi bo'lib biron firma yoki kampaniyaga ishga kirasiz, siz guruh bo'lib ishlaysiz. Siz keyin u yerda yangi insonlar bilan aloqaga chiqasiz. Ulardan ma'lum bir darajaga chiqguncha ko'p savollar berasiz. Guruhdagi insonlar albatta o'z ishlari bo'yicha mutahassis bo'lishadi. Sizga guruhdagi barcha insonlar yoqmasligi mumkin, lekin siz ular bilan ishlashingiz kerak va ishlayolasizham! Demak nima qilish kerak? Odam tilini o'rganish kerak, xuddi dasturlash tilini o'rgangan kabi!


2.  Savollar berishdan aslo qo'rqmang!




Savol berish va unga yaxshi javob olish orqali siz dasturlashni yaxshi o'rganasiz.
Savol berishdan oldin, internetdan qidirib ko'ring! Google.com sayti sizga 99% yordam beradi! Agar savolingizga internetdan javob topaolmasangiz va uni o'zingiz xal qilaolmasangiz demak uni mutahassislar so'rash kerak. Savol bergandaham shunday gapirib qo'yingki, u inson sizga yordam bergisi kelsin! Endi sodda misol qilaman:
"Hey menga manbuni o'rgat!" yoki "C++ da massiv hosil qilishni o'rgat!" ko'rinishlarida savol berish juda-juda yomon. Bu xuddi uni majbur qilayotganga o'xshaydi va u inson sizga yordam bergisi kelmaydi, qaytib siz bilan gaplashishga ham urinmaydi. Bunday savol berish sizni tubanlikka chorlaydi.
Yaxshi qilib aniq, tushunarli va sodda qilib savol berish kerak. Misol uchun :
"Oka vaqtingiz bormi? Sizdan bitta narsa so'ramoqchi edim" deysiz, 70-80% i "shoshmay tur" kabi javob berishadi. Albatta kuting! Keyin "Men, quyidagi masalada qiynalyabman" deb masalani tushuntirasiz, "Bunga javobni internetdan qidirib ko'rdim, quyidagicha qilinar ekan, uni ham amalda qildim, lekin bunday xatolik bo'lyabdi, buni to'girlashda qiynalyabman, iltimos yordam bering!" ko'rinishida shunday savol bering! Hamma narsa u insonga oydin bo'lsin. To'g'ri bu oddiy misol edi, shunday insonlar bo'ladi, ularni tilidan bol tomadi. Lekin bunchalik bo'lish shart emas. Agar u inson sizga to'liq yordam beraolmasaham unga "Menga vaqtingizni ajratganingiz uchun raxmat" deb qo'yishni esdan chiqarmang!


3. Birinchi eng muhim masalalarni tugating!

Birinchi bo'lib eng muhim va zarur ishlarni oxiriga yetkazing! Albatta hamma vaqt ham har bir ishni darajasini aniqlayolamaysiz. Ba'zida hammasi juda zarur bo'ladi.


4.  Nimani bilmasligingizdan qo'rqmang!




Biror narsani bilmasangiz bundan xech ham qo'rqmang! Xavotirga tushmang! Kompyuter olamida o'rganishning cheki yo'q. Xuddi osmonning oxiri yo'q kabi! Siz bugun bitta API ni o'rgansangiz ertaga shuning yangi versiyasida yangi imkoniyatlar chiqadi va ularni bilmaysiz, shunday payti xech ikkilanmasdan o'rganish kerak! Biror narsani yarim yo'lda tashlab ketmang! Bu eng yomon odat. Biror ishni tushunib, mohiyatini anglab qilish kerak! Siz bitta narsani mohiyatini anglab bajarsangiz siz shu bo'yicha katta bilimga ega bo'lasiz!


5. Xech qachon o'rganib oxiriga yetaolmaysiz!

Kundan kunga yangi informatsiyalar chiqayabdi. Misol uchun siz HTML ni endi o'rganib bo'ldim deganingizda yangi HTML 10 chiqib qoladi. Shunda yana o'rganasiz va bu narsa davom qilaveradi. Dunyoda xech bir dasturchi bitta tilni tag-tugi bilan bilmaydi. Bilaolmaydiham, chunki har soatda yangi dasturlash asboblari, modullar yaratilyabdi. Kuchli dasturchilarni farqli tomoni shundaki, ular sizdan ancha tajribali va ancha nazariy bilimlarga ega. Siz ularga yetib olaman deb harakat qilmang va o'zingizni biror bir tajribali dasturchi bilan solishtirmang! Bu yosh dasturchilarni katta xatosi. Siz o'zingizni 1oy avvalgi xolatingiz bilan solishtiring! 1oy avval nimalarni bilardingizu bugun nimalarni bilasiz! Anashunaqa gaplar!


Hammaga omad!

Comments

Popular posts from this blog