THE INFINITIVE (INFINITIV) Ingliz tili dars1


THE INFINITIVE (INFINITIV)
Ingliz tili dars 1.
Darslar Infinitiv mavzusidan boshlanadi. Sababi English Language o'quv dasurturida shu mavzugacha bo'lgan hamma narsa o'rgatilgan.
Endi shu dasturdagi bog'liqlik asosida blogimda ingliz tili darslarini yozishni boshlayman. Agar siz English Language dasturida haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz quyidagi havolaga bosing !

Demak boshlaymiz...
Infinitive fe'lning shaxsi noma'lum shakli bo'lib, harakatning nomini bildiradi; shaxsini ham, sonini ham ko'rsatmaydi. Infinitivning ko'rsatkichi tarjima qilinmaydigan va urg'u olmaydigan to yuklamasidir.


Infinitive otning ko'pgina xususiyatlarini saqlab qolgan va otga o'xshab gapda ega, ot-kesim tarkibida, to'ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo'lib keladi:

To skate is pleasent. She began to translate the article. I asked him to help me.



Infinitivning fe'llik xususiyatlari quyidagilarda ko'rinadi:

1. Infinitiv o'zidan keyin vositasiz to'ldiruvchi olishi mumkin:

I told him to post the letter. Men unga xatni jo'natishni aytdim.

2. Infinitiv ravish bilan aniqlanishi mumkin:

I asked him to speak slowly. Men undan sekin gapirishni so'radim.

3. Infinivning zamon va nisbat shakllari mavjud.

Ingliz tilida o'timli fe'llarning oddiy nisbatda to'rtta shakli va majhul nisbatda ikkita shakli mavjud:

Active Passive
Simple to ask to be asked
Continous to be asking
Perfect to have asked to have been asked
Perfect Continous to have been asking

Comments

Post a Comment

Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !

Popular posts from this blog