AdSense dasturida ishlashni boshlovchilar uchun qisqa qo'llanma


Assalomu aleykum blogim foydalanuvchilari. Bugun siz bilan AdSense dasturi haqida gaplashamiz...


Sizni internetda saytingiz yoki blogingiz bo'lsa, bu orqali pul ishlash haqida o'ylab ko'rganmisiz? Menimcha har bir inson bu haqida juda ko'p o'ylagan.

Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, xozirda barcha odamlar sayt yoki blog yaratmasdan turib pul haqida o'ylashadi. Bu ularning katta xatosi. 

To'g'ri ishni boshlashdan oldin, natija qanday bo'lishi va ish qanday ketishi haqida o'ylash, fikrlash ve reja tuzish kerak. Lekin fikri hayolingiz faqat pul ishlashda bo'lsa siz xech ham natijaga erishaolmaysiz. 

Sizga maslahatim... saytingizda shunday maqolalar yozingki, ular butun dunyo o'rgimchak to'rida mavjud bo'lmasin. 

Ya'ni yozayotgan maqolangiz xech qayerda bo'lmasin. Bunday maslahalatni blogimga ilgari yozganman. Agar o'qib chiqmagan bo'lsangiz quyidagi linkni bosing!

Saytda reklama qo'yib pul ishlash yo'llari ko'p. Bulardan eng kuchlisi bilishimcha AdSense dasturidir. Bu passiv daromad olishning eng zo'r yo'li. 

Bu dastur orqali dunyoda ko'plab odamlar xech qayerda ishlamasalarham pul ishlab kelishyabdi. 

To'g'ri bu dastur bilan millioner bo'lib ketishingizga, yoki yangi chiqqan mashinani sotib olishingizga pul yetmasligi mumkin. 

Lekin sizda kuch, g'ayrat, ishonch va sabr bo'lsa bularga erishib bo'ladi. Dunyoda imkonsiz narsani o'zi yo'q!!! 😉

To'g'risi AdSense bo'yicha boshlang'ich darslar yozgim kelmayabdi. 

AdSense bo'yicha internetda darslar va maqolalar juda ko'p. Bunga vaqtim ham yo'q. Bu maqolada siz bilan AdSense dasturida ishlash uchun saytingiz yoki blogingiz qanday bo'lishi kerakligi haqida gaplashmoqchimiz.


1. Saytingizda saxifalar bo'lishi shart va zarur. Saxifani ichida esa 1-2ta rasmlar (bularga videolar va flash fayllar ham kiradi.) Qanchalik ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Saxifani ichidagi so'zlar esa 250tadan ko'p bo'lishi kerak.


Saxifadagi yozilgan ma'lumot aniq bir narsa haqida bo'lishi kerak. Bitta saxifada faqat bitta narsaga oid ma'lumot bo'lishi lozim. 

2. Har maqolada kamida 2ta rasm yoki animatsion fayllar bo'lsa juda-juda zo'r bo'ladi. Videolar bo'lsa juda yaxshi. Videolarni saytingizga yuklamang! 


Bu saytni ochish tezligini 2-3 martaga qisqartirib yuboradi. Shuning uchun videolarni YouTube yoki boshqa video hostinglarida qo'ying va HTML kodlar orqali maqolangizni orasiga olib kelib qo'ying! Bu eng zo'r usullardan biri.

3. Sayt to'liq ishlayotgan bo'lishi kerak. Ya'ni sayt 1oydan beri ishlayotgan bo'lishi kerak. O'zi saytni qancha vaqtdan beri ishlayotgani xech ham ahamiyati yo'q. 


Yana saytga kuniga kamida 100-200 foydalanuvchi kirib turishi lozim. Axir saytni foydalanuvchilari kam bo'lsa, reklamani kim bosadi? 

Shuning uchun saytni rivojlantirib olish lozim. Keyin reklama qo'ysangiz bo'ladi.

4. Maqolalarni paragraflari bo'lishi lozim. Maqolani nomi ham qisqa, sodda bo'lishi lozim. Maqolalarni qanday yozish haqida quyidagi maqolamda yaxshilab bilib olishingiz mumkin.

5. Reklama kodlarini bosh saxifaga qo'yish shart emas. Reklama kodlarini maqolalarni orasiga qo'yish ham xato. 


Reklamani saytingizning shunday joyiga qo'yingki. Uni ko'rgan odam shu haqida ko'proq bilishga harakat qilsin. Ya'ni reklamalarni animatsion va tekst turlarini tanlang! 

O'zi saytni AdSensedan ro'yxatdan o'tkazayotgan payti sayt mavzusini tanglang deb chiqadi. Shu payti o'zingizga keraklisini tanlashingiz lozim.

6. Yana bitta narsa. Saytingizda rasmlar, flash fayllar va videolar qo'ymoqchi bo'lsangiz. O'sha fayllarni nomlarini ham aniq qilib qo'ying!


 Masalan pul ishlash haqida maqola yozmoqdasiz. Keyin googlega kirib rasm qidirasiz, uni yuklab olasiz. Keyin qarasangiz rasmni nomi har xil belgilarga to'la bo'ladi.

 Bu nomini o'chirib tashlab yangi nom qo'ying. Misol uchun pul ishlash haqidagi maqolaga qo'ymoqchi bo'lsangiz rasmni nomini "pul-ishlash" deb qo'ying. Bu narsa, google saytingizni indekslashi uchun zarur.

7. Saytingiz quyidagi tillardan birida yuritilishi lozim. Afsuski O'zbek tili yo'q. Lekin kelajakda qo'shilsa kerak! 😁😇


ArabicGreekPortuguese
BulgarianHebrewRomanian
Chinese (simplified)HindiRussian
Chinese (traditional)HungarianSerbian
CroatianIndonesianSlovak
CzechItalianSlovenian *
DanishJapaneseSpanish
DutchKoreanSwedish
EnglishLatvianThai
Estonian *LithuanianTurkish
FinnishMalayUkrainian
FrenchNorwegianVietnamese
GermanPolish


 
Menimcha shu ma'lumotlar xozircha yetadi. Agar savollaringiz bo'lsa va yana bir nimalar qolib ketga bo'lsa izoh qoldirishingiz mumkin! Keyingi maqolalarda ko'rishguncha!!!

Comments

Popular posts from this blog