Kompyuterning qattiq diskidan bilmasdan biror faylni o’chirib qo’ysangiz nima qilish kerak? Qimmatli ma’lumot.
Menimcha bunday holat hammamizda sodir bo’lgan. Kompyuterda fayllar shunday ko’payib ketadiki, keyin siz ulardan o’zingizga keraksiz faylni o’chiraman deb, keraklisini o’chirib qo’yasiz. Keyin esa muammo ustiga muammo.
Bunday
hol menda bitta marta sodir bo’lgan. Xa, aniq esimda. Bilsangiz men dasturlash
bilan shug’ullanaman. Men iloji boricha o’zimning proyektlarimga vaqt
ajrataman.
Men 2015-yili Noyabr oyida “English Language” nomli Ingliz tilini “0” dan boshlab “Upper-Intermediate” bo’limigacha o’rgatadigan dasturimni oxiriga
yetkazgandim (4-5 oyda ishlab
chiqgandim). Keyin dasturimni kodlarini bitta papkaga saqlab qo’ygandim.
Ertasiga bitta keraksiz dasturchani o’chirdim. U dastur bilan “English Language” dasturimni kodlari
saqlanib turgan papkani ham o’chirib yuboribman. Keyin biroz vaqt o’tgandan
keyin Savatchani tozaladim. Ertasiga
kelib kompyuterimni yoqib kodlari turgan papkani shu- qarayman, topolmayman.
O’shanda tog’risi rosaa-a asabiylashib ketgandim. Salkam 5oylik mehnatim kuyib
ketdimi deb juda ko’p o’ylangandim. 😠 😓 😢
Kompyuterni
shundo o’chirib tashlagandim. Keyin tashqariga
chiqib toza havoda dam olib qaytib kirib uyda o’tirdim. Fikri-hayolim faqat
shunda edi. 5oylik mehnatim, ko’zimning nurlari, shunchalik harakat bir pul
bo’ldi deb juda ko’p o’yladim.
Adashmasam,
shu kuni kechqurun kechki soat 9larda internetda bitta maqola ko’rib qoldim,
unda o’chirib yuborilgan fayllarni qanday qilib qaytarishni o’rgatishgan ekan.
Bu bitta dastur bilan qilinardi. Faqat bitta narsa bor ekan. Fayllarni o’chirib
yuborgandan keyin hech qanday yangi fayl hosil qilmagan yoki yangi dastur
o’rnatmagan bo’lishingiz kerak ekan. Xudoga shukur man unday qilmagandim. Keyin
dasturni yuklab olib hech qiynalmasdan kodlarimni qaytarib olgandim.
Men
sizga o’sha dasturni yuklab olib o’rnatib qo’yishni tavsiya qilaman. O’zi oldin
bunday holatlarga duch kelmang! J
Bu
dunyoda barcha ishni qilish imkoni bor ekan, faqat tushkunlikka tushmasdan,
fikrlab ish tutish kerak ekan. 😁😃
Dasturni
nomi Recuva
Hajmi 5-6 Mb
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !