Java Dasturlash Tili Haqida
Java
dasturlash tili yuqori darajali, zamonaviy va kuchli dasturlash tillaridan
biridir. Java dasturlash tili 1990-yili
dezaynlashtirilgan va u payti Sun
Microsystems kompaniyasiga tegishli bo’lgan. Xozir esa Oracle kompaniyasiga tegishli.
1995-yili
James Gosling tomonidan Sun Microsystems kompaniyasining kompanenti bo’lib
realizatsiya bo’lib ishlab chiqilgan (Java 1.0
[J2SE]).
Sun
Microsystems Java dasturlash tilining keying versiyasini boshqacha nomladi,
Java 2.0 versiyasi Java SE, Java EE va Java ME nomlari berildi. Bu narsalar
unga quyidagi eng zo’r imkoniyatlardan birini berdi : WORA – Write Once, Run Anywhere. Ya’ni bir marta yoziladi, xohlagan
joyda ishga tushiriladi.
Java quyidagi
imkoniyatlari bilan boshqa tillardan ajralib turadi :
Obyektga yo’naltirilganligi, Java
dasturlash tilida hamma narsa obyekt
Platformaliligi – Java dasturlash
tili C va C++ dasturlash tillariga ko’p jihatdan o’xshash, lekin Java C va C++ ning xatoliklari va hokazolardan xoli qilingan. Java dasturlash
tilida dasturni boshda bayt kodga o’giriladi (byte code), keyin qaysi platformada, ya’ni qaysi operatsion
sistemaga qarab shu platforma uchun mashina kodiga o’giriladi va ishga
tushiriladi. Bayt kod JVM ya’ni Java Virtual Mashinasi orqali ishga
tushiriladi. Bu JVM dasturi xozirda hamma kompyuterlarda o’rnatilgan bo’ladi.
Oddiylig: Java dasturlash tili
o’rganish uchun va ishlash uchun juda soda qilingan. Shuning uchun boshlovchi
dasturchilarga aynan shu til taklif qilinadi. Agar siz OOP haqida bilimlarga egamisiz, demak siz tez kunda Java dasturlash
tili bo’yicha master bo’laolasiz. Chunki OOP
[ (object oriented programming) {obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili} ] Java
dasturlash tilining ildizi desak ham
bo’ladi.
Kuchli himoyaga ega ekanligi: Java
kodlarini ishga tushiruvchi dasturlar kodlarni xavfsiz qilib keyin bizga
ishlatish uchun xizmat qiladi.
Dinamikligi: Java dasturlash tili
o’zi C va C++ lardan kuchlidir. To’g’ri har bir dasturlash tilining o’z
yo’nalishi bor. Shunday bo’lsada xozirda Java dasturlash tili birinchilikni
qo’lda saqlab kelyabti. Buning yana bitta sababi til dinamikligi. Bu degani
Java dasturlash tilining o’zi hisob kitob jarayonida xotirani tejab beradi.
Java dasturlash tilining imkoniyatlarini sanab chiqamiz desak, adog’iga
yetmaymiz. Shuning uchun shu yerda to’xtatamiz.
Java dasturlash tilida
ishlash uchun nimalar kerak? Kompyuter xarakteristikasi qanday bo’lishi kerak?
Shu savollarga javob beramiz
Eng kamida kompyuter tezkor xotirasi : 128Mb yoki undan baland;
Eng kamida : 200 Megagers (MHZ) bo’lishi kerak (Pentium);
Quyidagi operatsion sistemalardan biri :
Linux 7.1 yoki Windows
95/98/2000/XP va undan yangilari;
Java JDK 5 – Oracle.com
saytidan yuklash mumkin (Tekin);
Oddiy bir matn
protsessori, misol uchun Notepad/Akelpad;
Shu
kunda boshlab men Java dasturlash tili bo’yicha darslar qilishni boshlayman.
Agar men bilan bo’lsangiz,
siz kelajakda Java dasturlash tilida ishlashni
mukammal darajada bilib olasiz.
Men
darslarda Java dasturlash tili grafik(GUI)
dasturlar tuzish va veb(Web Application) dasturlar tuzishga ham
to’xtalib o’taman. Albatta bularni hammasi sekinlik bilan bo’lsaham bo’ladi.
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !