Dasturlash tillar va ularning e'lon qilingan sanalari
Ma’lumki,
kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi
tuziladi, so’ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter
tushunadigan tilda ko’rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi.
Hosil bo’lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Hosil bo’lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Kompyuter
uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash
va dastur tuzadigan kishi dasturchi
deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash
tili deb ataladi.
Dasturlash
tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin :
1. Quyi darajadagi dasturlash tillari;
2. O’rta darajadagi dasturlash tillari;
3. Yuqori darajadagi dasturlash
tillari;
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita
bog’liq bo’lib, buyruqlar maxsus raqamlar yordamida yoziladi.
Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dastur hajmi kata bo’ladi va ularni tahrirlash ancha mehnat talab qiladi.
Dastlabki elektron hisoblash mashinalarida (“ENIAC”, “MЭСМ”) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.

Dastur
tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo’lgan buyruqlar tizimini
qo’llash masalasi qo’yildi va hal etildi.
Bu kabi dasturlash tillari o’rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi.
Ular BESM-6, Minsk-22, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida qo’llaniladi.

Keyingi
yillarda juda ko’p yuqori darajadagi dasturlash tillari ishlab chiqarilgan
bo’lib, ular qatoriga Object Pascal,
Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic, C#, Java, JavaScript, PHP, Python va
boshqalar.
Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo’nalishdagi masalalarni hal qilishga mo’ljallangan bo’lib, ularni obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi.
Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo’nalishdagi masalalarni hal qilishga mo’ljallangan bo’lib, ularni obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi.
Quyidagi jadvalda dasturlash tili
rivojlanishi tarixidan ma’lumot berilgan.
Dasturlash tili
|
Ishlab chiqilgan
yili
|
||
Plankalkyul
|
1946
|
||
Qisqa kod
|
1949
|
||
Assembler “Edsak”,
AO
|
1950
|
||
Avtokod “Madlen”
|
1953
|
||
Tezkor kodlash
|
1955
|
||
A-2, Flou-metik
|
1956
|
||
Mat-metik
|
1957
|
||
Fortran
|
1958
|
||
Algol 58
|
1959
|
||
APT, LISP, Kobol,
Algol-60
|
1960
|
||
Basic
|
1964
|
||
Algol W
|
1965
|
||
Logo
|
1967
|
||
Algol 68
|
1968
|
||
APL
|
1969
|
||
Pascal
|
1970
|
||
Fort
|
1971
|
||
Prolog, Ci, Ada
|
1972
|
||
Smoltok
|
1980
|
||
VBA
|
1990
|
||
VC++
|
1993
|
||
Java
|
1994
|
||
Delphi
|
1995
|
||
C#
|
2000
|
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !