Bloggerlar uchun maslahat va qoidalar 2-qism
Oldingi maqolada bloggerlar uchun eng asosiy 3-4 ta maslahat va qoidalarni taqdim etgandim. Bu maqolani o’qishdan oldin, avvalgi maqolani o’qib chiqing!
Bugun siz bilan qanday-qilib maqola yozishni va maqola
yozish davomida nimalarga e’tibor berish haqida gaplashamiz. Aniqroq qilib
aytsam hamma narsa haqida gaplashamiz !
Eng asosiy qoida va
maslahatlar
Yangliklarni yozmang! Yangilik yozadigan
saytlar tiqilib yotibdi. Siz saytingizni katta bir axborot resurs markaziga
aylantiring! Albatta bu oson emas, lekin harakat qilsangiz va sabr qilsangiz
bunga erishsa bo’ladi.
Oz yozmang! Ko’p ham
yozmang! Meni o’zimni fikrimcha
eng kamida 250ta so’z bo’lishi
kerak. Eng kamida esa 750ta so’z.
Kichik maqola yozsangiz bu xech kimga yoqmaydi. Juda ko’p bo’lib ketsa,
maqolani o’qib turgan chalg’ib qoladi. Bu esa uni zeriktiradi. Shuning uchun
shu qoidaga amal qiling! Meni o’zimda sodir bo’lgan xolatni aytib o’taman.
Bitta sayt bor, nomini aytmayman. Shu saytda zo’r dasturlar va boshqa narsalar
mavjud, lekin bir kuni saytga kirsam bitta zo’r sarlavhali maqola yozilgan
ekan. Kirib davomini o’qiyman desam, davomida 3ta gap bor ekan xolos. Bunaqa
bo’lsa bo’lmaydida. Keyin shu saytda qandaydir bir maqola yozilgan bo’lsa
o’qigim kelmay turadi. Lekin saytdagi boshqa narsalarni hammasi o’z joyida
Boshqalarni shu narsaga
qiziqtiring! Sen shuni qilaolasan!
Sen bunga erishsa olasan yoki bo’lmasam oddiy gaplar bilan ularni ruhini
ko’tarishga harakat qiling! Bir gap bilan aytganda motivatsion maqola yozing ! ☑
Fikrlaringizni maqolaga
aylantiring! Fikrlar qachon keladi?
Fikrlar siz harakatlanayotganingizda, ya’ni piyoda yurganingizda keladi. Bir
joyda o’tirib biror narsa haqida o’ylayversangiz bunda sizga xech qanday
fikrlarni kelmaydi. O’zim hayotimdan misol keltiraman… Men dasturlash bilan
shug’ullanaman. Ba’zi bir masalalarni ishlayotganda katta bir to’siqqa kelib
urilaman. Keyin u to’siqni yengishga harakat qilaman. Kompyuter oldida o’tirib
kodlarimga qarab o’tiraman. Bunda menga xech qanday fikr kelmaydi, men shu
payti chalg’ib olishga harakat qilaman yoki kichkina tanaffus qilib olaman.
Keyin birdaniga miyamga fikr keladi. Uni darrov qilib ko’raman yoki yon
daftarimga yozib qo’yaman. Keyin shuni amaliyotda sinab ko’raman. “English Language” o’quv dasturini
ishlab boshlaganimda ko’p xatoliklarga duch keldim. O’shanda shu xatolikni xech
ham yechaolmaganman. So’rashga odam yo’q keyin aynan shu masalarni tushumda ishlab chiqqanman! Xa!!! bu
rost ishonavering! Xatto shu narsani Real hayotda sinab ko’rganimda 99.99% ishlagan.
Eng zo’r maslahatlardan
biri saytingizni dizaynini oddiy qiling! Ortiqcha narsalardan
qoching! Xar xil narsalarni saytingizga qo’yavermang! Faqat eng asosiy
narsalarni joylashtiring!
Telba
bo’ling! Bu narsa odamga juda katta yordam beradi. Birov bog’dan kelsa siz
tog’dan keling! Doimo olg’a harakat qiling! To’siqlarga duch kelsangiz, uni
aylanib o’tishga urinmang! Uni yengish uchun harakat qiling!
Men yozuvchi yoki shoir
emasman. Men bir oddiy sho’x bolaman. Agar mening maslahatlarim sizga yordam
bersa va birov menga “shu narsani sizni
yordamingiz bilan qildim!!! RAHMAT” deb aytsa bundan zo’r narsani o’zi yo’q!
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !