Axborot Texnologiya (AT) (Inglizchasiga - IT) sohasida ko’p uchraydigan so’zlarning izohlari [3-qism]
Kompakt disk – optik yozish imkoniyatli magnit disklarga
nisbatan bir necha yuz marta katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlovchi plastik
disk.
Kompyuter – (inglizcha “hisoblovchi inson” ma’nosini
anglatadi) turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan
ishlab berishni ta’minlovchi avtomatik qurilma.
Kontekst-menyu -
sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida ochiladigan yordamchi amallar ro’yxati.
Magnit disk - kompyuterning xotira qurilmalarida
ishlatiluvchi va bir o’qda parallel joylashgan dumaloq plastina yoki
plastinalar shaklida tashkil etilgan ma’lumot tashuvchi; magnit disklarning
qattiq va egiluvchan turlari mavjud.
Operatsion sistema (OS) – kompyuter ishga tushirilganda ishga
tushib, kompyuter qurilmalari va dasturlarining mutanosib ishlashini ta’minlovchi
va insonning kompyuterda ishlashini osonlashtiruvchi dastur; masalan, WINDOWS 98, WINDOWS XP,LINUX, UNIX, DOPPIX,
WINDOWS 95 va boshqalar.
Palitra – turli ranglarni tanlash uchun ishlatiladigan
ranglar majmui.
Papka – (katalog) tashqi xotiraning guruhlarga
ajratilgan fayllar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi qismi.
Piksel – kompyuterda chizilgan har qanday shakl yoki
rasm piksellar (nuqtalar) ning to’plamidan iborat.
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !