Axborot Texnologiya (AT) (Inglizchasiga - IT) sohasida ko’p uchraydigan so’zlarning izohlari [2-qism]
Printer
- kompyuterda
tayyorlangan rasmlar va matnlarni qog’ozda chop etish qurilmasi.
Probel – bo’sh joy qoldirish klavishi
Protsessor – elektron sxema; u kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi.
Pusk tugmasi (Start Button) - Windowsda ish boshlash bilan bog’liq bo’lgan
va barcha imkoniyatlarni mujassamlangan Pusk menyusi hosil bo’ladi.
Sistema bloki - himoya
g’ilofiga o’ralgan elektron sxemalar va qurilmalar majmui.
Software – kompyuter dasturlari; yumshoq qism deb ham
ataladi; buning asosiy sababi shundaki, ularni osongina o’chirish yoki
boshqasiga almashtirish imkoniyati mavjud.
Tashqi xotira – vinchester, kompakt disk va disketlar;
ulardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib
qoladi.
Shu payti
sizga bitta ma’lumotni berib o’tishni ma’qul topdim. Birinchi Vinchester 1973-yilda IBM firmasi tomonidan ishlab
chiqarilgan.
Yorliq – burchagida strelka belgisi bor rasm
(piktogramma); har bir yorliq biror fayl yoki papkaga mos keladi va ular
yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !