Axborot Texnologiya (AT) (Inglizchasiga - IT) sohasida ko’p uchraydigan so’zlarning izohlari [1-qism]
Asosiy plata – yaxlit asosga yig’ilgan elekton sxemalar;
unda protsessor, tezkor xotira va boshqa sistema elementlari joylashadi.
Belgilangan qism – Paintning ixtiyoriy yoki to’rtburchak sohani
belgilash uskunasi yordamida rasmning ajratilgan qismi; ajratilgan qism
atrofida uzuq (shtrix) chiziqli to’g’ri to’rtburchak hosil bo’ladi.
Bufer – olingan nusxa joylashadigan kompyuter
xotirasining maxsus qismi.
CD-ROM – kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qish
qurilmasi.
Dastur (Application) – ma’lum bir vazifani bajarish uchun
kompyuterga beriladigan buyruqlarning chekli tartibli ketma-ketligi.
Disket – magnit disklarning egiluvchan turi, ular bir
kompyuterdan boshqasiga ma’lumotlarni ko’chirish uchun xizmat qiladi.
Fayl (File) – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab
qo’yilgan har qanday ma’lumot.
Foydalanuvchi (User) – kompyuterda ishlayotgan shaxs.
Hardware – kompyuter qurilmalari; qattiq qism deb ham ataladi.
Informatika (Computer Science) – kompyuter texnikasi yordamida inson
faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta
ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fan.
Interfeys (Interface)
– dasturning
foydalanuvchi ishlashiga qulaylik beruvchi muloqot oynasi.
Internet – Yer sharini qamrab olgan o’zaro
bog’liq kompyuter tarmoqlari to’plami.
Ish maydoni – ish stolining piktogrammalardan
xoli qismi.
Ishchi maydoni – ishlanayotdan dasturning
foydalanuvchi amallar bajarishiga ajratilgan qismi.
Klaviatura (Keyboard) – ustiga harf, son va boshqa
belgilar yozilgan klavishlar majmui. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumot
va buyruqlar kirtiladi, ya’ni kompyuter bilan muloqot amalgam oshiriladi.
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !