HTML5. 1-Dars
Salom azizlar bugun
siz bilan HTML5 tiliga bag’ishlangan birinchi darsimizni boshlaymiz.
HTMLning mukammallashtirilgan va yangi elementlar
qo’shilganidir. Biz HTML5 orqali juda ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lamiz.
Avvallari HTML orqali qilingan qiyin ishlarni hozirda HTML5 tili orqali juda
tezlik bilan amalga oshirsa bo’ladi.
Biz HTML5 dokumentlarini yozishni boshlaganda, eng birinchi
elementi bo’lgan <!DOCTYPE HTML> kodini yozishimiz zarur. Yana eng muhim
narsalaridan biri Belgilarni <meta charset=”UTF-8”> orqali UTF-8
kodlariga o’girishimiz zarur. Agar biz UTF-8 ni yozib ketmasak biz
veb-sahifamizga kirillcha ma’lumotlar kiritsak, ular tushunib bo’lmas
belgilarga aylanib qoladi. Shuning uchun doimo <meta charset=”UTF-8”>
kodini yozib ketishimiz zarur.
HTML5ning yangi elementlari
:
<article>, <aside>, <audio>,
<canvas>, <datalist>, <details>, <embed>,
<footer>,<header>,<nav>,<output>,<progress>,<section>,<video>
va boshqalar.
HTML5da Formalar bilan ish juda kuchlantirildi. Misol uchun
: Formalarni yaratish va foydalanuvchilar ma’lumotlarini olish juda
osonlashtirildi. Sanalarni tanlash, rang tanlash va hokazo narsalar qo’shildi.
Kiritish maydonlari endi pochtalarni qidirish va URL olish imkoniyatlari
qo’shildi. Keyin yana PUT va DELETE formalar uchun yangi funksiyalar yaratildi.
Yana ko’plab imkoniyatlar qo’shildi. Shulardan o’zimga eng
yoqqanlarini keltiraman :
Drag va Drop funksiyasi
Audio va Video funksiyasi
Offline Veb dasturlari bilan ishlash
Veb xabarlar funksiyasi
Demak siz bilan HTML5 ning ozgina bo’lsaham yangi
imkoniyatlarini bilib oldik. Keyingi darslarda bularni ketma-ket o’rganishni
boshlaymiz.
Comments
Post a Comment
Iltimos, fikrlaringizni yozib qoldiring !