CSS tilida orqa fonni sozlash

Bu darsda siz bilan CSS tilida qanday qilib veb saxifani orqa fonini sozlashni ko'rib chiqamiz.


style teglarini ichidagi kodlar orqali biz veb saxifaning orqa fonlarini sozlashni ko'ramiz.

Demak body tegidan boshlaymiz. 

body tegining background-color parametridan foydalanamiz, bunda biz background-color ni yozib ":"larni qo'yib unga qiymat beramiz, ya'ni rangni nomini yoki kodini kiritamiz. 

Bizda blue qiymati berilgan. Ya'ni background-color parametriga blue qiymatini berib veb saxifaning orqa fonini ko'k rangga o'tkazdik.

CSS Kodlar :
<code>
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<style>
body {
    background-color: blue;
}
</style>
</head>
<body>
<h1>Mening CSS veb saxifam! </h1>
<p>I Love Programming :)  !</p>
</body>
</html>
</code>

Endi veb saxifaga rasm (orqa rasmni) qo'yishni ko'rib chiqamiz. Demak ko'rib turganingizdek background-image parametri orqali saytga rasm qo'yamiz. Men bu yerda sayt adresini kuritib qo'yibman, agar siz o'z rasimingizni chaqirib olishni istasangiz o'sha faylni manzilini kiritishingiz zarur bo'ladi.

CSS Kodlar:
<code>
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<style>
body {
    background-image: url("http://psrexternal.s3.amazonaws.com/Photoshop-blog/wp-content/uploads/2013/12/paper8p.jpg");
}
</style>
</head>
<body>
<h1>Hello World! I have a background Image!</h1>
</body>
</html>
</code>

Keyingi kodlarda ko'rishguncha!!!

Comments

Popular posts from this blog