Swift dasturlash tili kirish


Bu darsda siz bilan Swift dasturlash tilida ishlashni o'rganib boshlaymiz...




Bu dasturlash tili Apple korparatsiyasi tomonidan iOS sistemasiga dastur tuzish uchun ishlab chiqilgan va xozirda millionlab dasturchilar aynan shu dasturlash tilidan foydalanib iPhone, iPad va boshqalar uchun dasturlar tuzishyapdilar. 

To'g'ri iOS uchun dasturlash uchun boshqa tillarham bor. Lekin Swift aynan iOS uchun. Agar siz Swift dasturlash asoslarini mukammal darajada o'rganib chiqsangiz, siz ham balki iOS dasturlovchisi bo'lib ketarsiz!

Bu albatta o'zingizga bog'liq. Demak boshladik, birinchi navbatda har qanday dasturlash tilida birinchi qadam bo'ladigan Hello World ya'ni salom dunyo dasturini tuzishni ko'rib chiqamiz. Keyin o'zgaruvchilar va boshqalar haqida dasturlar ko'rib chiqamiz.



Swift dasturlash tilida ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun print xizmatchi so'zidan foydalaniladi.

Masalan :  print("Salom Dunyo")
         print("Assalomu aleykum bo'lajak dasturchilar")




Endi o'zgaruvchilar bilan ishlashni ko'ramiz : 

var a = 5
var b = 10

var c = a + b

print("\(a) + \(b) = \(c)")

ekranga quyidagicha yozuvlar chiqadi :  5 + 10 = 15 


O'zgarmaslarni "let" xizmatchi so'zi bilan e'lon qilish mumkin!




For takrorlash operatori quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi.

for (var i = 0; i<10; i++)
{
   print(i)
}


Albatta bu for takrorlash operatorining oddiy ko'rinishi.  Keyingi darslarda bularga to'liqroq to'xtalib o'tamiz.

Comments

Popular posts from this blog