Pascal dasturlash tili kirish


Assalomu aleykum bo'lajak dasturchilar. Bu darsda siz bilan Pascal dasturlash tiliga kirish qilib ikkita dasturni tuzishni o'rganib chiqamiz. Men dasturlash olamiga kirib kelganimda, eng birinchi tanishgan dasturlash tilim Pascal dasturlash tili bo'lgan...


Bu dasturlash tilini men 6oyda professional darajada o'rganib chiqdim, keyin Delphi7 ni ham o'zimga yetarli darajada o'rganib chiqdim. Xozirda kompyuterimdagi barcha dasturlarimni o'zim ishlab chqganman, 15dan ortiq dasturlarni kompyuterdan o'chirib tashlaganman. Men o'zim uchun kerakli dasturlarni tuzib yuraman. Aniqrog'i o'zimga yangidan yangi imkoniyatlar yarataman. Eng qizig'i internetdan dastur qidirib yuklab olib o'tirmayman, sodda bo'lsa ham menga kerak dasturni o'zim ishlab chiqishga harakat qilaman. Agar siz ham Pascal dasturlash tilini asoslarini men kabi, balki mendanda kuchli o'rganib chiqsangiz ko'plab ishlarga qodir bo'lasiz. Ko'pchilik Pascal juda qadimgi til, uni o'rgangandan foyda yo'q deyishadilar. Ular shu gapni aytib juda katta hato qilishadilar. Har bir til bir narsaga yo'naltirilgan bo'ladi. Siz faqat qachon, qayerda ishlatishni bilsangiz bo'ldi.


Keling endi Pascal dasturlash tilida salom dunyo dasturini tuzib chiqamiz. Buning uchun bizga PascalABC yoki boshqa kampilaytorlar kerak bo'ladi.




Dastur kodi :

//Sana : 2015-yil 18-Noyabr
//Maqsad : Pascal Dasturlash Asoslarini O'rganish
//Muallif : Mo'minjon Abduraimov
//Web-Sayt : ITUz.BlogSpot.com

Program Salom_Dunyo;
Begin
      Writeln('Salom Dunyo');
End.

Bu dastur kodi ishga tushganida ekranga Salom Dunyo so'zi chiqadi.


Keyingi darsda Pascal dasturlash tilida oddiy arifmetikaga to'xtalib o'tamiz.

Comments

Popular posts from this blog