Eng birinchi operatsion sistema va C dasturlash tili kelib chiqishi

    Birinchi ishlab chiqilgan operatsion sistemalar har bir kompyuter platformasi uchun alohida yozilar edi.
Bir kompyuter uchun yozilgan operatsion sistema kodlarini boshqa kompyuter platformasiga o'tkazish juda
ko'p vaqt va mehnat talab qiladigan ish hisoblanardi.

    Mana shu kamchilikni bartaraf etish yo'lida 1965-yildan boshlab Bell Telephone Laboratories,


 General Electric Company va Massachusets texnologiya instituti yuzlab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsata oladigan Multics (Multi-user Timesharing Interactive Computing System  -  ko'p foydalanuvchili muloqotli hisoblash sistemasi vaqtini tarmoqlash) operatsion sistemasini ishlab chiqishga kirishildi.

Lekin 1969-yilda Bell Telephone Laboratories loyihadan chiqib ketgach bu ish amalga oshmadi. 

Lekin Bell labaratoriyasi xodimlari Denis Ritchi va Ken Tompsonlar ishlashni davom ettirishdi va 1971-yilda kodlari to'liq assemblerda yozilgan, Multicsga ohangdosh, UNIX (Yuniks) nomli operatsion sistemasini ishlab chiqishdi.

    Dasturlashni osonlashtirish uchun Ken Tompson B tilini ishlab chiqdi, Denis Ritchi esa bu tilni o'zgartirib
C tilini ishlab chiqdi.

Xozirgi ko'plab dasturlash tillarining o'zagi C dasturlash tilidir.

1974-yilda e'lon qilingan UNIX operatsion  sistemasi dunyo dasturchilari tan olgan juda kuchli operatsion sistemalardan biri hisoblandi.

Ko'p foydalanuvchili UNIX operatsion sistemasining  o'zagi yuqori darajali C dasturlash tilida yozilgani va faqat 10 foiziga yaqin kodlari (2-3ta sahifa kodlari 1000satri) assemblerda yozilgan edi.

Shu sababli uni boshqa kompyuter platformalariga bir necha oy ichida o'tkazish mumkin bo'lgan. Bu sistemaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish juda oddiy. Shunday qilib bu operatsion sistema katta tezlik bilan butun dunyoda rivojlanib ketdi va bu hali ham davom qilmoqda.

Comments

Popular posts from this blog