Dasturlash haqida Afsonalar
Dasturlashni o'rganish uchun matematikadan a'lo bo'lish kerak Ko’pchilik insonlar, matematika va dasturlash to’g’ridan to’g’ri bir-biriga bog’liq deb o’ylaydi. Lekin dasturchi, o’zining ko’p vaqtini kodlar yozishga sarflaydi, matematik formulalarni yozishga emas. Matematika bilan dasturlash bevosita bir-biriga bog’liq emas. Lekin, siz dasturchi bo’lishingiz uchun Algebra asoslarini bilishingiz shart. Va shuningdek sizga muammoni yechish mahorati kerak (Mantiqiy fikrlash deyishimiz ham mumkin). O’yin yaratish o’zi bir yo’nalish va Game Developerlarga qo’shimcha bilimlar kerak bo’ladi, misol uchun, Trigonametriya va Fizikani bilishi kerak. Lekin xozirda, game development uchun ko’plab plugin va library lar chiqib ketgan. Ya’ni siz tayyor freymworklardan foydalanib matematik qiyinchiliklarga uchramasdan o’yinlar yaratishingiz mumkin. Kodlash zerikarli jarayon Kodlash juda qiziqarli jarayon. Bu narsa sizga bir...