C++ dasturlash tilida satrni char toifasiga konvert qilishni eng sodda yo’li


C++ dasturlash tilida satrni char toifasiga convert qilishni eng sodda yo’li


                Assalomu aleykum, yana siz bilan Mo’minjon Abduraimov. Bu maqolada siz bilan C++ dasturlash tilida satrni char toifasida convert qilishni o’rganib chiqamiz.
Buning uchun bizga birorta C++ dasturlash tilida ishlash uchun mo’ljallangan dasturlash muhiti kerak bo’ladi. Menda C++ Builder XE7 o’rnatilgan.


Dasturni kodini keltiraman va shu kodlarni orasida izohlar (kommentlar) orqali tushuntiraman.


C++ Kod:

#pragma hdrstop

#pragma argsused


#ifdef _WIN32

#include <tchar.h>

#else

typedef char _TCHAR;

#define _tmain main

#endif


#include <iostream> //eng kerakli kutubhona… kiritish chiqarish strimi

#include <stdio.h> // standart kiritish chiqarish kutubhonasi

#include <string.h> // satrlar bilan ishlash uchun qo’shilisi shart


using namespace std;


int _tmain(int argc, _TCHAR* argv[]) {

            string str = "C Plus Plus";

            // str nomli satr toifasida o'zgaruvchi e'lon qilyabmiz

            // va unga C Plus Plus qiymatida qiymat berib qo'yyabmiz


            cout << "Satr massivga o’girilyabdi : ";

            // satrni massivga o’tkazganimizni sababi char toifasida har bir harf o’z indeksida ya’ni bitta indeksda bo’ladi.


            char charMassiv[1024];

            // char toifasida charMassiv nomli o’zgaruvchi e’lon qilyabmiz


            strncpy(charMassiv, str.c_str(), sizeof(charMassiv));

            // strncpy satrdan nusxa olish uchun xizmat qiladi

            //  sizeof haqida bilsangiz kerak.

            charMassiv[sizeof(charMassiv) - 1] = 0;


            for (int i = 0; charMassiv[i] != 0; i++) { //sikl charMassiv o'zgaruvchisining qiymati

            // 0 ga teng bo'lmagunicha takrorlanadi.

                        cout << endl << "charMassiv[" << i << "] :\t" << charMassiv[i];

                        // nechanchi indeksida turganini ko'rsatib charMassivni qiymati ekranga chiqariladi

            }


            cout << endl;// dizayn uchun kerak bo'lib qoldi

            system("PAUSE");//Biror tugma bosishni kutib turishi uchun

            return 0;

}


Dasturni ishga tushirsak bizda quyidagicha javoblar chiqadi :

Satr massivga o’girilyabdi :

charMassiv[0] : C

charMassiv[1] :

charMassiv[2] : P

charMassiv[3] : l

charMassiv[4] : u

charMassiv[5] : s

charMassiv[6] :

charMassiv[7] : P

charMassiv[8] : l

charMassiv[9] : u

charMassiv[10] : s

Savollaringiz bo’lsa izoh qoldirish joyida qoldiring!!!

Comments

Popular posts from this blog